Kriminalistikadagi zamonaviy texnologiyalar
Yashirin barmoq izlarini hodisa joyida aniqlash, ko‘rinadigan qilish va tasvirga olish Foster + Freeman portativ uskunalarining zamonaviy turkumi yordamida amalga oshiriladi. Gumon qilinuvchilarning barmoq izlarini joyida qayta ishlash tergovchilarga dalillarni laboratoriyaga yuborib tekshirtirishga ketadigan vaqtdan ancha oldin muhim ma’lumot berishi mumkin. Foster + Freeman ko‘p miqdordagi hujjatlardan tortib butun xonani sianoakrilat bilan ishlov berishgacha bo‘lgan sharoitlarda barmoq izlarini aniqlash va ko‘rsatish yechimlarini taklif qiladi. Dalillarni yuqori samarali Crime-lite Viewing Box oynali kamera yoki dalillarni suratga olish uchun mo‘ljallangan portativ Crime-lite Imager tizimi yordamida qayd etish mumkin.